KOMPANIYA HAQIDA
Iteca Exhibitions 1995 yildan buyon O'zbekistondagi xalqaro ko'rgazma va konferensiyalar tashkilotchisi bo’lib, uning ko'rgazmalari iqtisodiyotning deyarli barcha strategik sohalarini, shu jumladan qurilish, oziq-ovqat sanoati, sog'liqni saqlash, neft va gaz, transport, to'qimachilik mashinasozligi, energetika, kimyo, mashinasozlik va ko’plab boshqalarini qamrab oladi.
Kompaniyaning 26 yillik professional tadbirlarni tashkil etishda to'plagan tajribasi va butun faoliyati davomida jiddiy ish olib borishi respublikaga yangidan-yangi korxonalarni jalb qilishda yordam berdi, O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishishmoqchi bo’lgan korxonalar esa ixtisoslashtirilgan loyihalarida ishtirok etishidan boshlaganlar.
Iteca Exhibitions bugungi kunda bu:
- O'zbekistonning ko'rgazmalarni tashkillashtirish bozorida 26 yillik tajriba va mahorat;
- Har yili 14 ta tematik yo'nalishdagi 20 ta ko'rgazmalar;
- Har yili, geografiyasi deyarli barcha: Evropa, Osiyo, Amerika qit'alarni qamrab olgan 57 mamlakatdan 4 500 dan ortiq kompaniyalar;
- Yiliga 113,000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar;
- Bozor infratuzilmasini shakllantirish, eksport-importning o'sishi;
- Har bir mijozga individual yondashuv;
- Xalqaro darajadagi xizmatlar. 2007 yil avgust oyidan boshlab Butunjahon Ko'rgazmalar Sanoati Uyushmasi (UFI) ning O'zbekistondagi birinchi va yagona a’zosi.
Ko'rgazmalarning o'tkazilishi yuqori iqtisodiy natijalar berib, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy texnologiyalar va kapitallarni jalb qilishga hissa qo'shadi. Iteca Exhibitions kompaniyasining barcha ko'rgazma va tadbirlari asosiy davlat idoralari, vazirliklar va boshqarmalarning rasmiy ko'magida tashkil etilib, kelajakdagi hamkorlikni aniqlashda O'zbekiston hukumati va butun jahon miqyosidagi ishbilarmon doiralarini birlashtirishga o’z hissasini qo'shadi.
Davlat idoralari tomonidan yuqori maqomli qo’llab-quvvatlash, xalqaro miqyosda e'tirof etilish, jamoaning ko'p yillik tajribasi va professionalligi Iteca Exhibtions muvaffaqiyatining tarkibiy qismidir.
Iteca Exhibitions ko'rgazmalariga xush kelibsiz!