Ko`rgazmalardagi reklama
Iteca Exhibitions, O'zbekistonda xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazmalarni tashkil etuvchi peshqadam xalqaro ko'rgazma kompaniyasi hisoblanadi.
Har yili Iteca Exhibitions kompaniyasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida 18ga yaqin ko’rgazma loyihalarini amalga oshiradi. Har bir ko’rgazma ishi vaqtida tashrif buyuruvchi mutaxassislar soni o’rtacha 5 000 nafardan to 15 000 gacha bo’lgan sonni tashkil etadi, bu esa ishtirok etuvchi eksponentlarga marketingni targ’ib qilish va moliyaviy o’sish uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beradi.
Kompaniyamiz o’z eksponentlariga, ichki va jahon bozorlarida oldiga qo’yilgan maqsad va belgilangan rejalarni amalga oshirishlari uchun, bir qator reklama va marketing targ’ibot xizmatlarini taklif etadi. Mazkur xizmatlar ma’lum bir ko’rgazma loyihasi doirasida amalga oshirish uchun mavjud bo’lgan takliflar to’plamini va ko’plab qo’shimcha imkoniyatlar to’plamini o’z ichiga oladi:
- Homiylik
- Ko’rgazmalarda reklama targ’iboti
- Rasmiy katalogda reklama
- Ko’rgazmaning maxsus axborot byulletenlarida reklama
- Ko’rgazmada reklama mahsulotlarini joylashtirish
Barcha shart va takliflar bilan tashkilotchilar ofisida batafsil tanishishingiz mumkin.
Diqqat
Iteca Exhibitions ko’rgazmalari va ular doirasida o’tkaziladigan tadbirlar tashkilotchilarning intellektual mulki hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ravishda huquqiy himoya bilan ta’minlanadi.
Iteca Exhibitions ko’rgazmalari va ular doirasida o’tkaziladigan tadbirlar tashkilotchilarning intellektual mulki hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ravishda huquqiy himoya bilan ta’minlanadi.
Huquqiy himoyaga ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan harakatlarni amalga oshirish qonunga hilof hisoblanadi.
Ko’rgazma hududida, tashkilotchilar bilan kelishilmagan holda, reklama va axborot materiallarini (bukletlar, flaerlar, gazetalar, jurnallar, mahsulot namunalarini) tarqatish - man etiladi.
- Ko’rgazmalar o’tkazish joyida tarqatish yoki namoyish etish –faqat tashkilotchilar bilan mahsulot tarqatishga kelishuv yoki shartnoma bo’lgan holdagina ruxsat etiladi;
- Tarqatish yoki namoyish faqat ko’rgazmalar o’tkaziladigan joyidan tashqarida mumkin bo’ladi.
Qoidalarga rioya qilmaslik O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq jazoga tortilishiga olib keladi.