Iteca Exhibitions – Oʻzbekistonda koʻrgazma sanoatining 30 yillik rivojlanishi

Iteca Exhibitions – Oʻzbekistonda koʻrgazma sanoatining 30 yillik rivojlanishi

Iteca Exhibitions kompaniyasi 1995-yilda oʻz faoliyatini boshlagan va mustaqil Oʻzbekistonda yangi formatdagi koʻrgazma sanoatini — xorijiy kompaniyalar ishtirokiga va yuqori xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Oʻttiz yillik faoliyati davomida kompaniya Oʻzbekiston koʻrgazma sanoatiga yetakchi global ishtirokchilar amal qiladigan standartlarni joriy etdi va bu Iteca Exhibitions’ning sohadagi barqaror yetakchiligini ta’minladi.

Kompaniya ko‘rgazma faoliyati uning dastlabki loyihalari — 1995-yilda “Sog‘liqni saqlash – TIHE” va 1997-yilda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” bilan boshlangan bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim tadbirlarga aylandi. Bugungi kunda kompaniya portfelida 20 ta ko‘rgazma mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z sohasida yetakchi o‘rinni egallaydi va tarmoqlar rivojlanishi uchun mezonlarni belgilaydi.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekistonning xalqaro koʻrgazma xaritasidagi mavqeini mustahkamlaydi, mamlakatni ishonchli biznes hamkor sifatida namoyon etadi va uning jadal iqtisodiy rivojlanishini ko‘rsatadi. UzBuild, UzFood, CAITME, TIHE, OGU va TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmalari milliy brend maqomini qo‘lga kiritgan bo‘lib, mamlakat tashqarisida ham keng tanilgan.

Ko‘rgazma sanoati doimo mamlakatdagi progressiv o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan, professional yetuklik va biznesning rivojlanishga tayyorligini aks ettirib kelmoqda. Bugungi kunda bozor faol transformatsiya bosqichida: yangi operatorlar va maydonchalar paydo bo‘lmoqda, zamonaviy tadbir formatlari joriy etilmoqda hamda butun soha uchun yangi yuqori standartlar shakllanmoqda.

Iteca Exhibitions o‘z faoliyatida mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ustuvor vazifa sifatida belgilaydi, bu kompaniya shiorida yaqqol ifodalangan: “Iteca Exhibitions O‘zbekiston iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdan faxrlanadi!”. Kompaniya tomonidan sifatli tashkil etilgan ko‘rgazmalar va anjumanlar xavfsizlik, elektronika, qurilish, energetika hamda yengil va og‘ir sanoat tarmoqlarida ijobiy o‘sish sur’atlarini rag‘batlantiradi.

Ishtirokchilar so‘rovlariga ko‘ra, ko‘plab kompaniyalar uchun Iteca Exhibitions ko‘rgazmalarida qatnashish mamlakat bozoriga kirishning muhim vositasiga aylangan. Ushbu maydonlarda ular mijozlar, distribyutorlar, professional uyushmalar va davlat idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatib, real biznes munosabatlarini rivojlantiradi.

2025-yilda Iteca Exhibitions 30 yillik yubiley mavsumini nishonladi. Mavsum doirasida 20 ta xalqaro ko‘rgazma, to‘rtta nufuzli forum va 36 ta tematik seminar o‘tkazildi. Tadbirlar 55 mamlakatdan 4 311 kompaniya va brend, 251 nafar spiker va moderator hamda 3 957 delegatni birlashtirdi. Umumiy tashriflar soni 75 mamlakatdan 101 160 kishini tashkil etdi.

2025-yilgi mavsum davomida mutaxassislar turli sohalardagi innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Jahon yetakchilari va mashhur brendlar bilan bir qatorda, ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etib, mahalliy korxonalarning yutuqlarini namoyish etish va ularning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Mamlakatning ikki yirik maydonida ko‘rgazmalar o‘tkazilishi soha rivojiga yangi sur’at bag‘ishladi. Minglab uchrashuvlar, muzokaralar, kelishuvlar va yangi loyihalar ishga tushirildi. Natijada umumiy bitimlar hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Ishtirokchilar uchun maxsus netvorking va biznes zonalari yuqori samaradorlik va ishonchni ta’minladi.

2007-yildan buyon Iteca Exhibitions Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Butunjahon koʻrgazma sanoati uyushmasi (UFI)ning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. UzBuild, OGU / Power Uzbekistan va TIHE / Beauty Uzbekistan ko‘rgazmalari yana bir bor UFI tomonidan tasdiqlangan tadbirlar maqomini saqlab qoldi.

Yubiley mavsumi natijalari kelajak uchun yuqori marrani belgiladi: 2026-yilda 22 ta ko‘rgazma va 5 ta anjuman o‘tkazish, shuningdek milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Iteca Exhibitions tashkil etilganidan buyon biznes, davlat idoralari va professional hamjamiyat uchun ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda. Kompaniya ko‘rgazmalari mamlakat iqtisodiy rivojiga xizmat qiluvchi barqaror platformani shakllantiradi.

Iteca Exhibitions – 30 yil. Sizning biznesingiz butun dunyo bilan aloqada!

www.iteca.uz

15 dekabr 2025

#ItecaExhibitions